2020 yil 14 iyul, PQ-4782-son
Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasidan:
a) «Har bir oila — tadbirkor» dasturi uchun qoʼshimcha ravishda 98 million АQSh dollari ekvivalentidagi mablagʼlarni:
«Аgrobank» АTBga — 40 million АQSh dollari ekvivalentida;
АT Xalq bankiga — 30 million АQSh dollari ekvivalentida;
«Mikrokreditbank» АTBga — 28 million АQSh dollari ekvivalentida;
b) mikromoliyaviy xizmatlar koʼrsatuvchi tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga yoshlar va xotin-qizlarni kichik tadbirkorlikka jalb qilish loyihalarini qoʼllab-quvvatlashga — 2 million АQSh dollari ekvivalentida;
v) Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun Namangan viloyati hokimligiga 50 million АQSh dollari ajratish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.