2019 yil 29 oktyabrdagi OʼRQ–576-son
4 - modda. Ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yoʼnalishlari
- ilm-fan va ilmiy faoliyatni rivojlantirish orqali milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi hamda samaradorligiga erishish;
- ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlarini belgilash va resurslarni maqsadli yoʼnaltirish;
- davlat ilmiy dasturlarini ishlab chiqish, asoslantirilgan tashabbus va loyihalarni qoʼllab-quvvatlash;
- ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasida davlat-xususiy sheriklikni qoʼllab-quvvatlash;
- ilm-fanga intilish va uning jozibadorlik muhitini shakllantirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, yosh isteʼdod egalarini tayyorlab borish.
11-modda. Yoshlarni ilm-fan va ilmiy faoliyatga jalb etish
- tegishli davlat dasturlarini ishlab chiqish;
- taʼlim tashkilotida isteʼdodlarni aniqlash, tanlash, tarbiyalash boʼyicha tegishli chora-tadbirlar olib borish;
- tegishli yoʼnalishlar boʼyicha ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar, maxsus sinflar, markazlar va oʼquv kurslari tashkil etish;
- taʼlim jarayonida egallangan bilimlarni kundalik turmush va kasbiy faoliyatda samarali qoʼllay olishga qaratish;
- taʼlim oluvchilar oʼrtasida turli tanlovlar uyushtirib borish va ragʼbatlantirish;
- chet el yetakchi ilmiy tashkilotlari va taʼlim muassasalariga magistratura va doktorantura dasturlarini oʼtash, malaka oshirish, tajriba orttirishga yuborish orqali va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
- yosh olimlarning ilmiy tashkilotlar va taʼlim muassasalari, ishlab chiqarish va boshqa tarmoqlardagi ilmiy uyushmalari davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlanadi.
- Ilmiy tashkilotlar va oliy taʼlim muassasalarida yosh olimlar va talabalarning ilmiy faoliyat yuritishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishi lozim.
#imtiyoz