2020 yil 12 avgustdagi PQ-4805-son
Belgilab qoʼyilsinki, Tijoratlashtirish dasturiga kiritilgan ishlanmalarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga masʼul xoʼjalik boshqaruvi organlari va korxonalarning mablagʼlari;
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamgʼarmasi mablagʼlari;
yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalari uchun Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan grant mablagʼlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.