«Bo‘zatov FEST»ning respublika final bosqichi boshlandi!
Bugun, 11-may kuni Nukus shahrida qurilgan maxsus pavilionda ”Boʻzatov FEST” Yoshlar ovozi tanlovining final bosqichiga start berildi. Bugun baxshichilik yo‘nalishida final o‘tkaziladi.
Shuningdek, 12-may kuni opera, 13-may kuni an‘anaviy ijro, 14-may kuni estrada yo‘nalishlarida respublikamizdan kelgan eng iste’dodli yoshlarning finaldagi chiqishlari bo‘lib o‘tadi.