Пресс-служба

“Rossiya – Markaziy Osiyo mintaqasi” yosh liderlar forumi


23 ноября 2021 г. 14:10 180

Joriy yilning 16-19 noyabr kunlari Россия Federatsiyasining Omsk viloyatida “Rossiya – Markaziy Osiyo mintaqasi” yosh liderlar forumi tashkil etildi.  


Forumda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston mamlakatlari yoshlari ishtirok etdi.


Forum davomida ishtirokchilar tomonidan Россия va Markaziy Osiyo mamlakatlarining yoshlari o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati, kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida, shu bilan birga, volonterlik, yoshlarning ekologik muammolarni bartaraf etishdagi o‘rni, koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatlarda amalga oshirilgan qarshi choralar va urbanizatsiya kabi mavzularda muhokamalar olib borildi.


Xususan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi vakili I.Oxunov tomonidan “Rossiya – Markaziy Osiyo mintaqasi” xalqaro loyihalar ofisi bilan hamkorlikda 2022 yilda Forumning o‘zviy davomiyligi sifatida O‘zbekiston tomonidan “Markaziy Osiyo yoshlar forumi” tashkil etilishi maʼlum qilindi.


Shu bilan birga, Forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligidan Bibijan Aralbayeva tomonidan “Ekologik muammolarni yechishda yoshlarning o‘rni” mavzusida taqdimot qilindi. Mazkur sessiyada Россия va Markaziy Osiyo davlatlarining eko-volontyorlari va atrof-muhitni asrab-avaylash va ushbu mavzu bilan bog‘liq loyihalarni yaratishga qiziquvchilar ishtirok yetishdi.


Похожие новости