“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan "Shon-sharaf" lentasi aksiyasi tashkillashtirildi
Mazkur aksiya doirasida front ortida mehnat qilgan faxriylarning holidan xabar olinib, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar yod etildi.
🇺🇿Shuningdek talabalar shaharchasida ko'plab ko'ngilli yoshlar bilan birgalikda "Shon- sharaf" lentasi tarqatildi.
Aksiya doirasida faxriylar, taniqli san'atkorlar, nuroniylar, sportchilar va yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvlari” bo’lib o’tdi, hamda ushbu aksiya vatanparvarlik ruhidagi o'zbek milliy kinolarining ochiq havoda namoyish etilishi bilan yakunlandi.