Пресс-служба

BMT volontyorlari tashkiloti ijrochi koordinatori o‘rinbosari Kyoko Yokosuka xonim bilan O‘zbekiston yoshlarining BMT volontyorlar xalqaro dasturlarida ishtirokini kengaytirish masalasida uchrashuv tashkil etildi


14 октября 2021 г. 19:41 121

2021-yil 14-oktabr kuni Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatining Maʼnaviyat xonasida soat 10:00dan 11:00 ga qadar BMT volontyorlari tashkiloti ijrochi koordinatori o‘rinbosari Kyoko Yokosuka xonim bilan O‘zbekiston yoshlarining BMT volontyorlar xalqaro dasturlarida ishtirokini kengaytirish masalasida uchrashuv tashkil etildi.


Uchrashuvda BMT volontyorlar dasturining MDH va Yevropa davlatlari bo‘yicha koordinatori Rimma Sabayeva, BMT volontyorlar dasturining aloqa masalalari bo‘yicha mutaxassisi Yekaterina Polishchuk, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Sherzod Olimov, Yoshlar ishlari agentligining Xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Islom Oxunov (moderator, spiker va tarjimon), Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va volontyorlikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Bibijan Aralbayeva, O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi direktori Shirin Obidova ishtirok etdilar.


Dastlab, tomonlar o‘zlarini tanishtirdilar va Kyoko Yokosuka xonim, bundan 11 yil oldin O‘zbekistonda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) mamlakat vakolatxonasida faoliyat yuritganligi va yana mamlakatga tashrif buyurganidan mamnun ekanligini va uning uchun O‘zbekiston juda qadrli mamlakat ekanligini taʼkidladi.


Shundan so‘ng, u volontyorlik masalasida butun dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan so‘rovnomada, tanlab olingan 8 ta davlatlar ichida O‘zbekiston ham bor ekanligini, shuningdek, pandemiya davrida O‘zbekistonda volontyorlar tomonidan amalga oshirilgan ishlardan xabardor ekanligi va joriy yilning 4-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 — 2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinganligi hamda O‘zbekistonda volontyorlik sohasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ijobiy fikrlar bildirdi.


Kyoko Yokosuka BMT Volontyorlari (UNV) dasturining asosiy maqsadi hamda vazifasi haqida to‘xtalib o‘tdi. Birinchi navbatda, mahalliy volontyorlarni BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida olib borayotgan faoliyatlarini yana-da rivojlantirish hamda o‘larni qo‘llab-quvvatlash vazifasi, shu bilan birga, xalqaro BMT volonterlar dasturlarida o‘zbekistonlik volontyorlar ulushini oshirish hamda volontyorlik sohasida olib borilayotgan islohot va tashabbuslarni xalqaro omma eʼtiboriga havola etish to‘g‘risida aytib o‘tdi.


Shuningdek, BMT Volontyorlar dasturi doirasida har uch yilda eʼlon qilinadigan volontyorlik bo‘yicha mamlakatlar kesimida Global hisobot to‘g‘risida maʼlumot berildi. Hisobotni shakllantirishda alohida mamlakatlar kesimida so‘rovnomalar tashkil etilganligi hamda O‘zbekiston volontyorlik xarakatini o‘rganish bo‘yicha tanlab olingan 8-mamlakat ichida bo‘lganligi alohida taʼkidlandi. So‘rovnoma natijalari bo‘yicha pandemiya vaqtida O‘zbekistonda volonterlik xarakati jadal surʼatlar bilan rivojlangani ko‘zga tashlanligi aytib o‘tildi.


O‘zbekiston tanlab olingan 8-mamlakat orasida bo‘lganligi bois hamda O‘zbekistonning volontyorlik tajribasini xalqaro maydonda naʼmuna sifatida ko‘rsatish maqsadida Hukumat darajasida dunyo volontyorlariga videomurojaat tayyorlash hamda yuborishda amaliy yordam so‘raldi.


Bunga javoban, o‘zbek tomoni bu masala bo‘yicha BMTTD Istanbulda (Turkiya) joylashgan mintaqaviy vakolatxonasi hamda Bonn (Germaniya) shahrida joylashgan BMT Volonterlari bosh vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy murojaat bilan chiqishlari tavsiya etildi.


Shuningdek, Kyoko Yokosuka xonim xalqaro BMT volonterlari dasturi doirasida butun dunyodan yig‘ilgan volonterlar orasida O‘zbekiston volontyorlari atigi 9 nafari ekanligini aytib, mazkur masalada O‘zbekiston volontyorlarini bu jarayonga ko‘proq jalb qilishda BMT volontyorlar dasturida o‘zbekistonlik volonterlar ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini maʼlum qildi.


Shu o‘rinda, Kyoko Yokosuka xonim tomonidan BMT Volonterlari dasturi tomonidan o‘zbekistonlik volonterlar uchun yangi tashabbus va loyiha bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga nota yuborilganligi haqida maʼlumot berib o‘tdi. O‘nga ko‘ra, o‘zbekistonlik volonterlar uchun “full-funding” (“moliyaviy to‘liq qo‘llab-quvvatlash”) tamoyili asosida xalqaro volonterlik xarakatlari va aksiyalarida o‘zbekistonlik volonterlarning ham ishtiroklarini taʼminlash imkoni paydo bo‘ladi. Loyiha haqida to‘liq maʼlumot O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga ham rasmiy tarzda yuborilishi taʼkidlandi.


Kyoko Yokosukadan so‘ng, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Sherzod Olimovga so‘z berildi.


Sh.Olimov O‘zbekiston Respublikasida so‘ngi yillarda volontyorlik sohasida amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, 2019 yil 2 dekabrda qabul qilingan Volontyorlik to‘g‘risidagi QonunO‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasining tashkil etilishi, pandemiya davrida

10 mingdan ortiq volontyorlarning ishtiroki, shuningdek, “Mehr saxovat” ko‘krak nishoni bilan 400 nafar volontyorlar taqdirlanganligi, 14 ta hududda “Volontyorlar maktabi” tashkil etilganligi, bugungi kunda ushbu maktablarda 2 mingdan ortiq professional volontyorlar tayyorlanayotganligi, 28 ta oliy o‘quv yurtlarida tashkil etilayotgan Volontyorlar markazlari, 25 nominatsiya bo‘yicha eʼlon qilingan “Yil volontyori” tanlovi va 15 ming nusxada chop etilgan Volontyorlik metodik qo‘llanmasi to‘g‘risida maʼlumot berdi.


Sh.Olimovni so‘zlariga qo‘shimcha qilgan holda, Kioko Yokosuka xonim O‘zbekistonda volontyorlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni kuzatib borishi va mamlakatda volontyorlik sohasidagi amaliy ishlar, tahsinga sazovar ekanligini aytib o‘tdi.


Sh.Olimovdan so‘ng, Rimma Sabayevaga so‘z berildi, mamlakatda volontyorlik sohasidagi amaliy ishlar haqiqatda ijobiy natijalar berayotganligini yana bir bor taʼkidlab, 2022-yili Bangkok shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan submintaqaviy BMT Volonterlari forumida O‘zbekiston Respublikasi vakillari (kamida vazirlar darajasida) ishtirok etishga chorladi. Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan bildirilgan va keyingi yilda tashkil etilishi ko‘zda tutilgan Markaziy Osiyo yoshlar forumi doirasida ham BMT Volonterlari dasturi vakillari bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda volonterlik bo‘yicha hamkorlik masalasida ham hamkorlik qilishga kelishib olindi.


O‘zbekiston tomonidan BMT vakillariga, uchrashuv davomida bildirilgan takliflar va kelajakdagi hamkorlik masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali tegishli yozishmalar (xatlar) yuborishi mumkinligi va ushbu tartibda hamkorlikni yo‘l qo‘yish maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.




Похожие новости