Sportchi yoshlar tantanali kutib olindi
Braziliyada bo’lib o’tgan 24-yozgi Surdlimpiada o'yinlarida (kar va zaif eshituvchilar olimpiadasi) taekwondoning WTF turi bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zolaridan uch nafari — Dilbar Tadjibayeva, Go'zal Eshmirzayeva va Maftuna Abdiyusupovalar bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi va bir guruh yoshlar ularning matonatli g‘alabasini chin dildan tabriklash maqsadida bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida sportchi-yoshlarimizni tantanali ravishda kutib oldilar.
💐 Yoshlar ishlari agentligi qizlarimizni bu yutuq bilan tabriklaydi va keyingi musobaqalarda omad tilab qoladi!