Пресс-служба

Vodiy yoshlariga ajoyib imkoniyat taqdim etildi!


17 ноября 2021 г. 12:32 499

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda BMTninng O‘zbekistondagi agentliklari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Farg‘ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg‘unligi” loyihasi doirasida joriy yilning 16 noyabr kuni soat 15:00da Yoshlar press-klubida Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi yoshlarning media sohasida o‘z bilim va ko‘nikmalarini yana-da oshirishga shart-sharoitlar yaratish maqsadida BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan ajratilgan media va texnik jihozlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosarlari Omonov Farrux Farxodjonovich, Kattaxanova Dilnoza Sobirjonovna hamda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi jinoyatchilik va adolat dasturi bo‘yicha menejeri Kun Markvering ishtirok etdi.


Mazkur media va texnik jihozlar Farg‘ona viloyatida tashkil etilayotgan “Yoshlar media markazi”ning (Media Hub) moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda yoshlar o‘rtasida dasturlash, grafik dizayn, foto va videomontaj, SMM bo‘yicha treninglar o‘tkazib borish uchun mo‘ljallangan. Dastlabki media treninglar joriy yilning noyabr va dekabr oylarida Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.


Похожие новости