Пресс-служба

Xabaringiz bor, BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktabr - Xalqaro qizlar kuni deb e’lon qilingan.


11 октября 2021 г. 11:08 92

Mazkur sana munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yoshlar markazlarida “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida forum bo‘lib o‘tdi.


Forum doirasida “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga kiritilgan qizlarning ijodiy ishlari, ishsiz yurgan qizlarni ish bilan ta’minlash maqsadida zavod va fabrikalarga sayohatlari, mehnat yarmarkalari, kitob savdosi va yarmarkasi tashkil etildi.


Forum bayram dasturlari asosida konsert shaklida o‘tkazildi hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va 10 ga yaqin yo‘nalishlarda alohida imtiyozlarni qo‘lga kiritgan Respublika miqyosidagi 150 nafardan ortiq yosh xotin-qizlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.


Похожие новости