Проекты

"Yosh kitobxon" tanlovi

14 апреля 2021 г. 10:42 352

Tanlov maqsadi: Qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy maʼnaviy merosini, umumbashariy sivilizatsiya, madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, ularning nodir merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish.


Tanlovda O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va tilidan qatʼiy nazar 10 yoshdan 30 (10-14, 15-19, 20-30) yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.


Tanlovning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: Telegram Instagram Facebook Youtube