Matbuot xizmati

“Aylanma kredit fond” loyihasi doirasida O‘zbekiston yoshlariga imkoniyat yaratish maqsadida fondga qo‘shimcha ravishda 210 ming evro mablag‘ jalb qilinadi


30-Oktabr, 2021-yil 15:06 462

Germaniya Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Jamg‘arma kassalari fondi Evropa va Markaziy Osiyo departmenti direktori Mattias Fos va Evropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha loyihalar rahbari Mixael Bek hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev o‘rtasida yoshlar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi

 

Joriy yilning 30-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligida Germaniya Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Jamg‘arma kassalari fondi Evropa va Markaziy Osiyo departamenti boshlig‘i Mattias Fos, Evropa bo‘yicha loyihalar rahbari Mixael Bek va Fondning uzoq muddatli eksperti va O’zbekistondagi vakili Mattias Vangler bilan yoshlar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va yangi qo‘shma loyihalarni muhokama qilish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Farruh Omonov, Yosh fermerlar Kengashi raisi Mahmud Inoyatov ishtirok etdi.


Dastlab, uchrashuv boshida Mattias Fos ayni vaqtda O‘zbekiston Repsublikasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Xususan, “O‘zbekistonda yetarli moliyaviy xizmatlarni taklif etish orqali agrar sektorni mustahkamlash va qishloq hududlarini rivojlantirish” loyihasi, Toshkent va Jizzax viloyatlarida agrar sohada faoliyat yuritayotgan yoshlarga zamonaviy bilim va texnologiyalarni o‘rgatish maqsadida tashkil etilgan “Yosh fermerlar innovatsion markazi”lari, hududlarda yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirishga qaratilgan treninglar va dala-seminarlar tashkil etilgani va 3 mingdan ziyod yoshlar qamrab olingani hamda ta’kidlab o‘tdi.


Bundan tashqari, joriy yilning 31-oktabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy Osiyo Konferensiyasi” tadbirini hamkorlikda tashkil etilyaotgani uchun O‘zbekiston tarafiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.  

Shuningdek, hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Aylanma kredit fond” (kredit miqdori 4000 yevrogacha, muddati 36 oygacha, kredit stavkasi 14%) loyihasini yanada kengaytirish va chekka hududlardagi yoshlarni bandligini ta’minlash hamda ularni qo’llab-quvvatlashga kerakligi qayd etildi. Germaniyalik vakillar yana qo‘shimcha ravishda yoshlarga imkoniyat yaratish maqsadida Fondga qo‘shimcha ravishda 210 ming evro mablag‘ jalb qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi.


O‘zbekiston repsublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev mamlakatimizda yoshlarni qo’llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar hamda hamkolikni mustahkamlashga qaratilgan takliflarni bildirib o‘tdi.

Xususan, joriy yilning 21-26 iyul kunlari A.Sa’dullayevning Germaniya Fedarativ Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi doirasida Frayzing shahrida tashkil etilgan Germaniya Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Jamg‘arma kassalari fondi ijrochi direktori N.Bergmann bilan uchrashuvdagi kelishuvlarni amalga oshirish, ya’ni yoshlarni qishloq xo‘jaligi, bank moliya, IT va boshqa yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlash ishlarini kengaytirish;

- Germaniyalik mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘zbekistonlik yosh fermer va tadbirkorlarga moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘quv-seminarlarini tashkil etish va ularning sonini ko‘paytirish;

- Qishloq yoshlari, yosh fermer va dehqonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan “Aylanma kredit fond” loyihasini O‘zbekistonning barcha hududlarida joriy etish;

- “Yosh fermerlar innovatsion markaz”larining keyingi ochilish bosqichini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Samarqand viloyatida tashkil etish;

- Hamkorlikda ko‘rish imkoniyati cheklangan yoshlarni qo’llab-quvvatlash hamda ta’lim olishga ko‘maklashuvchi maxsus ovozli dastur ishlab chiqish;

- Suv va energiya resurslaridan unumli foydalanish bo‘yicha hamkorlikda loyiha amalga oshirish hamda shu masalalarga qaratilgan ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish;

O‘zbek tarafidan bildirilgan takliflar Germaniyalik vakillar tomonidan qo’llab-quvvatlandi hamda qo‘shimcha hamkorlikda amalga oshirish mumkin bo‘lgan tashabbus va Germaniyada amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Misol tariqasida, Germaniyada oxirgi yillarda keng tatbiq qilinayotgan biogas ishlab chiqarishni yaqin yillarda O‘zbekistonga ham olib kirish yoki ijtimoiy tadbirkorlik Germaniyada qanchalik dolzarb ekanligi ta’kidlab o‘tildi.


Shuningdek, O‘zbekistondagi banklar xodimlariga inklyuzivlik, ya’ni bank xodimlari imkoniyati cheklangan mijozlarga qay tartibda xizmat qilishlari bo‘yicha o‘quv-seminarlarnini tashkil etishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi.   

  

 Uchrashuv yakunida, ikki tomondan bildirlgan barcha taklif va tashabbuslarni amalga oshirishga ikki taraf ham tayyor ekanliklarini ma’lum qilishda hamda yoshlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni rivojlantirishga kelishib olishdi.  


Shu mavzuga oid yangiliklar