Matbuot xizmati

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi


20-Yanvar, 2022-yil 11:26 1377

Prezidentning tegishli qaroriga binoan, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.


👉 Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:


 • xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 110 ming so‘m);


 • xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 521 ming so‘m);


 • xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 6 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 932 ming so‘m).


👉 Yoshlar ishlari agentligiga Yetakchilarni har chorak yakuni bo‘yicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda mukofotlash huquqi berildi.


👉 Har chorakda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo‘yicha eng ilg‘or 100 nafar Yetakchilar 1 oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.


👉 Boshqa hududlardan kelib o‘z faoliyatini olib borayotgan Yetakchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha (540 ming so‘m) bo‘lgan miqdorda turar joy ijara to‘lovi qoplab beriladi.


👉 Yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan Yetakchilarga uy-joy olish uchun subsidiya beriladi.


👉 Yetakchi lavozimiga ishga qabul qilingan shaxslarning harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinadi.


👉 Ushbu yetakchilarning shtat birliklari umumiy o‘rta taʼlim maktablaridagi 10 ming nafar yoshlar yetakchilari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi.


👉 Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarning ish bilan taʼminlanishi choralarini ko‘radi.


Qaror bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.


Shu mavzuga oid yangiliklar