Matbuot xizmati

Samarqand viloyatida “Sening tashabbusing - sening kelajaging uchun!” shiori ostidagi forumga start berildi!


9-Oktabr, 2021-yil 9:48 70

 Forumda 350 dan ortiq “Yoshlar daftari”ga kiritilib, tadbirkorlik qilish maqsadida imtiyozli kredit olgan, Yoshlar jamg‘armasidan to‘lov-kontraktlari to‘lab berilgan qizlar, “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasi doirasida hududlarda g‘olib bo‘lgan, “Kelajak liderlari” klubiga a’zo bo‘lgan, xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab berilgan yosh xotin-qizlar ishtirok etishdi.


Forum so‘ngida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 10 ga yaqin yo‘nalishlarda alohida imtiyozlarni qo‘lga kiritgan qizlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.


Qizlarjon tayyor turing 11-oktabr - Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Sening tashabbusing - sening kelajaging uchun!”forumi respublikamizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tadi, forumda ko‘rishguncha!


Shu mavzuga oid yangiliklar