Matbuot xizmati

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Yoshlar bilan ishlash bo'yicha maxsus vakili Farah Karimi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


27-Oktabr, 2021-yil 19:15 416

Yoshlar ishlari agentligida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YeXHT)ning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha maxsus vakili Farah Karimi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Bugun, 26.10.2021-yil Yoshlar ishlari agentligi binosida MSK taklifi bilan 24-oktabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT)ning Yoshlar bilan ishlash bo'yicha maxsus vakili Farah Karimi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari F.Omonov, Xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i I.Oxunov, Xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘limi xodimi Sh.Rahmatullayev ishtirok etishdi. 


Suhbat davomida bo‘lib o‘tgan Prezidentlik saylovlari yuqori darajada hamda barcha xalqaro huquqiy normalar asosida tashkil etilganligini F.Karimi xonim tomonidan ta‘kidlandi.  

Shuningdek, O‘zbekiston tomonining Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) bilan hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha quyidagi takliflariga alohida urg‘u berib o‘tildi: 

1. YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori ofisi bilan hamkorlikda “Axborot texnologiyalari sohasida chekka hududlardagi yoshlar o‘rtasida bandlik va o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlash tizimini takomillashtirishga ko‘maklashish” loyihasini amalga oshirish;

2. 2022-yilda O‘zbekistonda “Istiqbol 2030” tashabbusi doirasida “2030-yilgacha bo‘lgan davr istiqbollarini muhokama qilish” xalqaro forumini o‘tkazish;

3. 2014-yildagi Bazel “Yoshlar deklaratsiyasi” va 2015-yildagi Belgrad “Yoshlar va xavfsizlik deklaratsiyasi” asosida yoshlar sohasidagi YXHTning tajribasini oʻrganish. 

4. YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ning demokratik institutlar samaradorligini oshirish bo‘yicha loyiha va tashabbuslari doirasida hamkorlikni faollashtirish;

5. O‘zbekiston ko‘pmillatli va ko‘p konfessiyali davlat (130 dan ortiq millat istiqomat qiladi) bo‘lganligi sababli, O‘zbekiston yoshlari vakillari o‘rtasida loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishda YXHTning Milliy ozchilliklar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi bilan hamkorlik qilish.

Suhbat yakunida, Farah Karimi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga ijobiy baho berishini, O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanligini bildirib o‘tdi. Yaqin kelajakda, O‘zbekiston va YXHT tashkiloti o‘rtasida yoshlarini bilim-malakalarini oshirish va aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida belgilab olingan loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.


Shu mavzuga oid yangiliklar