Matbuot xizmati

Yoshlar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


27-Oktabr, 2021-yil 19:55 516

Buyuk Britaniya parlamentining yuqori palatasi (Lordlar palatasi) a’zosi Baronessa Elison Satti hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati o‘rtasida yoshlar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga qaratilgan uchrash tashkil etildi.


Joriy yilning 27 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga Buyuk Britaniya parlamentining yuqori palatasi (Lordlar palatasi) a’zosi Baronessa Elison Satti hamda Global hamkorlik boshqaruvi dasturi rahbari Zafran Iqbal bilan yoshlar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va yangi qo‘shma loyihalarni muhokama qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Farruh Omonov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxanova ishtirok etishdi.

Suhbat ochilishida, Baronessa Satti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi borasida to‘xtalib, yuqori darajada tashkil etilganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Buyuk Britaniya tajribasidan kelib chiqqan holda, Oliy Majlis qoshida tashkil etilgan Yoshlar parlamentlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, Inson huquqlari bo‘yicha Parlament komissiyasi bilan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash, Global hamkorlik boshqaruvi loyihasi doirasida bir nechta loyihalarni amalga oshirish masalalari juda muhim ekanligi qayd etildi.


Uchrashuv davomida, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar berib o‘tdi. Kun tartibidagi asosiy masalalar – yoshlarning sifatli ta’lim olishlari, kasbiy ta’limni rivojlantirish, yoshlar bandligini ta’minlash, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, turli sohalarda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat rahbari tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi imkoniyatlar, yoshlar muammolarini aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlar va tadqiqotlar, xotin-qizlarning ta’lim olishlari hamda kasbiy ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kabi masalalar bo‘yicha ikki tomon o‘zaro fikr almashdi.

Baronessa Satti o‘z nutqi yakunida, Yoshlar ishlari agentligi vakillarini Buyuk Britaniyaga taklif etib, ularning tajriba almashishlari hamda yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish takliflarini ilgari surdi. O‘z navbatida, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kelajakda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan takliflarni delegatsiya vakillariga taqdim etishdi.


Shu mavzuga oid yangiliklar