Imkoniyatlar

«ILHOM» mukofotini ta'sis etish to'g'risida


28-Oktabr, 2020-yil 10:24 1509

2020 yil 24 avgustdagi 503-son


Belgilab qo'yilsinki:


a) mukofot shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʼrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʼtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi;


b) mukofot uchun tanlovni yuqori saviyada oʼtkazishga Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus taʼlim vazirligi mas'ul, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, «O'zbekkino» Milliy agentligi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi hamda O'zbekiston Badiiy akademiyasi hamkor vazirlik va idoralar etib belgilanadi;


v) mukofot bilan taqdirlash har yili Аdiblar xiyoboni ochilgan kun — 20 mayda «Katta adabiyot bayrami» haftaligi doirasida amalga oshiriladi;


g) tanlov gʼoliblari quyidagicha taqdirlanadi:


1-o'rin uchun — Oʼzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan «Spark» yengil avtotransport vositasi, maxsus diplom va statuetka;

2-o'rin uchun — 30 mln. soʼm pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka;

3-o'rin uchun — 15 mln. soʼm pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka.


#imtiyoz