Imkoniyatlar

Аholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish


21-Oktabr, 2020-yil 11:12 1634

2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-son


 Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra “Mikrokreditbank” ATB tomonidan nodavlat ta’lim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan:


tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun 33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi;


mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ta’minot turlari asosida 225 million so‘mgacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi.


Bunda mikrokreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.


Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasi yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlik koʼnikmalariga oʼqitish orqali tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyishni moliyaviy manba bilan taʼminlash maqsadlariga 100 million АQSh dollari ekvivalentida mablagʼ ajratsin. Ushbu mablagʼlarning:

9 million АQSh dollari ekvivalenti Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga mazkur qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun begʼaraz asosda;


1 million АQSh dollari ekvivalenti Yoshlar ishlari agentligiga mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun begʼaraz asosda;


90 million АQSh dollari ekvivalenti maxsus sertifikatni olgan yoshlarga (jami 45 mln dollar) va xotin-qizlarga (jami 45 mln dollar) kreditlar ajratish uchun «Mikrokreditbank» АTBga 7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past foiz stavkasida yoʼnaltirilsin.

«Mikrokreditbank» АTB ushbu mablagʼlarni mazkur qarorning 5-bandida koʼrsatilgan yangicha tartibda mikrokreditlash maqsadlariga yoʼnaltirsin.


Belgilansinki, 2022 yil 1 iyuldan boshlab «Har bir oila — tadbirkor», «Yoshlar kelajagimiz» va boshqa oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida davlat maqsadli resurslari hisobidan kreditlar «Mikrokreditbank» АTB tomonidan tadbirkorlik yoʼnalishi boʼyicha tegishli oʼquv kurslarini tamomlagan shaxslarga yagona mikrokreditlash dasturi asosida ajratiladi.


#imtiyoz