Imkoniyatlar

2020 — 2025 yillarda O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konseptsiyasi


28-Oktabr, 2020-yil 10:19 1509

2020 - yil 8 iyundagi 365-son qaroriga 1-ILOVА


Magistraturaga kiruvchi abiturientlar va nomzodlarning sifat darajasini hamda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida quyidagi tadbirlar oʼtkazilmoqda:

2020 o'quv yilidan boshlab, ta'limning uzluksizligiga erishish maqsadida tarmoq mutaxassislari uchun bakalavriat, magistratura va doktoranturani tashkil etish;

boshqa oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat dasturlari bo'yicha tinglovchilarni Аkademiyada belgilangan tartibda tanlovdan o'tganidan keyin o'qishga qabul qilish.

Markaziy bank va boshqa davlat organlari bilan birgalikda:

har yili o'rta maktab o'quvchilari va kollej talabalari o'rtasida moliyaviy savodxonlik bo'yicha respublika olimpiadasini o'tkazish;

aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga, investitsiyalarni, soliqlarni va to'lovlarni, pensiya va tartibga solish yangiliklarini, jamg'armalarni saqlab qolish uchun o'ziga xos va yangi vositalar haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan teledasturini yaratish;

bank va moliya mutaxassisliklari bo'yicha oliy ta'lim muassasalari va korporativ universitetlarning tinglovchilari o'rtasida har yili bank ishi va moliya sohasiga oid masalalar bo'yicha xalqaro keys-chempionatlar va olimpiadalarni o'tkazish;

ilmiy-tadqiqot to'garaklari faoliyatini tashkil etish va iqtidorli yoshlarni jalb etgan holda olimpiada, tanlovlar sovrindorlari ishtirokida loyiha-tadqiqot ishlar doirasida alohida yechimlarni ishlab chiqib, televidenida yoritib borishni tashkil etish;

har yili iqtidorli yoshlar, ixtisoslashtirilgan olimpiadalar va tanlovlar g'oliblari uchun stipendiyalar tashkil etish.


#imtiyoz