Loyihalar

Imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari

7-May, 2021-yil 17:38 2703

Hukumat qarori (209-son, 13.04.2021 y.) bilan Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.


Xarajatlarni qoplashni so‘rab fuqarolar (31 yoshga to'lmagan) Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali murojaat qilishlari mumkin. 


Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlangandan so‘ng 15 kunda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya mablag‘lari Xalq bankining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 


Kompensasiyani Xalq banki filialidan naqd yoki naqd pulsiz shaklda olish imkoni mavjud.


Imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan

 xalqaro imtihon tizimlari, vakolatli tashkilotlar va badal summalari haqida batafsil ma'lumot bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.