Opportunities

Al-Xorazmiy nomidagi mental arifmetika kubogi bo‘lib o‘tdi


Oct. 6, 2022, 6:18 p.m. 516

Joriy yilning 2-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Intellektual trenerlar federatsiyasi hamkorligida "Al-xorazmiy nomidagi Yangi mental arifmetika Kubogi 2022" Respublika chempionati tashkil etildi.

 

Ushbu chempionat avvalgilaridan farqli o‘laroq ilk bora tizimli tarzda tashkil qilindi. Unga ko‘ra, chempionat ishtirokchilari dastlab maxsus daraja sertifikatiga ega ekanligiga ko‘ra saralab olinib, keyingi bosqichda har bir tuman-shahar kesimida 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar tegishli darajalar bo‘yicha bellashib, Respublika bosqichiga yo‘l oldi.

 

So‘nggi bosqichda qariyb 500 nafar o‘quvchi 4 ta daraja va 4 ta yosh toifasida o‘zaro bellashdi. Mazkur chempionat tizimli nuqtai nazaridan joriy yilda Toshkent viloyati tajribasi o‘laroq tashkil etilib, kelgusi yildan barcha hududlarda tizimli 5 bosqichda tashkil etilishi rejalashtirilgan.


News on this topic