O'rta asr Sharq madaniyati va adabiyotining yirik namoyondasi Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil, 14-fevralda Andijonda tug'ilgan.
Bobur Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nom qoldirgan boʻlsa, “Boburnoma” asari jahonning mashhur tarixnavis olimlari tomonidan bugungi kunga qadar yuksak e'tirof etiladi.
Shoirning hayoti va ijodi, o'lmas asarlari ilm-fan rivoji, yosh avlod tafakkuri va ma'naviyatini rivojlantirishda muhim omil bo'lib xizmat qilib kelmoqda.