Press service

Shavkat Mirziyoyev raisligida chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi


May 7, 2021, 2:10 a.m. 259

"Bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart"


Shu yilning 6-may sanasida Shavkat Mirziyoyev raisligida chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.


Yig'ilishda quyidagi masalalar ilgari surildi:


- Chet tilini o‘qitishning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy doktoranturada ta’lim olish uchun yiliga 20 ta o‘rin ajratiladi;


- Yangi o‘quv yilidan boshlab, chet tillari bo‘yicha qabul kvotalari soni 2 baravar ko‘paytirilib, davlat granti esa 3 baravarga oshiriladi;


- Maktabgacha ta’lim vazirligiga YuNISEF bilan hamkorlikda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga chet tillarini o‘qitish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqiladi;


- Sohadagi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lib borishlari, yangi adabiyot va qo‘llanmalar sotib olishlari uchun har bir chet tili o‘qituvchisiga byudjetdan 1 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi;


- Chet tillari bo‘yicha eng yaxshi maktablarni aniqlash uchun Prezident sovrinini ta’sis etiladi;


- Viloyat hokimliklari maktablarda chet tilini o‘qitish sifatini oshirish uchun mahalliy byudjetdan har bir tuman va shaharga 1 milliard so‘mdan mablag‘ ajratadi;


- Xalqaro sertifikatning dastlabki va o‘rta darajasini olgan o‘qituvchilarning oylik maoshiga 40 foiz, yuqori natija ko‘rsatganlarga 50 foiz ustama beriladi. 



News on this topic