Press service

Yoshlar sanoat zonalarida o'z investitsiya loyihalaringizni joylashtiring!


May 10, 2021, 6:08 a.m. 244

Vazirlar Mahkamasining 294-sonli qarori bilan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hamda Yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi to'g'risida nizom tasdiqlandi


Yoshlar sanoat zonalarida o'z investitsiya loyihalarini joylashtirish istagida bo'lgan yosh tadbirkorlar zarur hujjatlarni tuman(shahar) investitsiyalar va tashqi savdo bo'limlariga taqdim etishlari zarur.


 ✔️ Nizomga ko'ra: 


- patent asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni ta’minlovchi startap investisiya loyihalari;


- innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan investisiya loyihalari;


- import o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalari;


- yaratiladigan yangi ish o‘rinlarining kamida 70 foizi yoshlar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi, bunda bandligi ta’minlanmagan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ish bilan ta’minlashni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalari Yoshlar sanoat zonalari hududida joylashtirishda ustuvorlikka ega bo‘ladi.


Investitsiya loyihasini joylashtirish uchun yer maydonlari chegaralarini belgilab berish Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining tegishli tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ishchi guruhlarning xulosalari asosida 5 ish kuni ichida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan. 



News on this topic