“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanloviga start berilmoqda!
Yoshlar ishlari agentligi
“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanloviga start berilmoqda!Mahallangizda tizimli o‘zgarishlar qila oldingizmi? Yoshlarning eng yaqin ko‘makchisi va tashabbuskoriga aylandingizmi? Demak, bu tanlov mahalla yetakchisi sifatidagi mehnatlaringizni butun respublikaga ko‘rsatish uchun sizning imkoniyatingizdir!Mahalladagi yoshlar yetakchisi lavozimida kamida 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan yetakchilar o‘rtasida yangi formatdagi an’anaviy tanlov boshlanadi.🎯Tanlov 8 ta asosiy yo‘nalishda o‘tkaziladi:•“Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish va startaplarni qo‘llab-quvvatlash”;•“Yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish”;•“Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash”;•“Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash”;•“Yoshlarni mega-loyihalar orqali iste’dodi va iqtidorini ro‘yobga chiqarish”;•“Shaxsiy tashabbus – ijtimoiy loyiha”;•“Mahalla sardorlari va volontyorlar bilan samarali ishlash”;•“Shaxsiy rivojlanishda namuna bo‘lgan yetakchi”.💼G‘oliblarni qanday imtiyozlar kutmoqda?1.Yuqori lavozimlarga tayinlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritish.2.Rivojlangan xorijiy davlatlarda tajriba va malaka oshirish.3.Davlat mukofotlariga tavsiya etilish.📅Tanlov bosqichlari va muddatlar:•Ariza topshirish: Joriy yilning 5 noyabriga qadar orqali elektron tarzda - docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSenVPNWC6L5I_8xkjQ8o5-yWadMukQS7ZdiROhml_yovow-9A/viewform?usp=publish-editor.•Tuman (shahar) bosqichi: noyabr oyida.•Hududiy saralash: noyabr oyida.•Respublika finali: dekabr oyining birinchi o‘n kunligida.
2