⚡️397 jamoa va 11 tur: Samarqanddagi Shaxmat Olimpiadasi oldidan muhim tafsilotlar
Yoshlar ishlari agentligi
⚡️397 jamoa va 11 tur: Samarqanddagi Shaxmat Olimpiadasi oldidan muhim tafsilotlar46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi boshlanishi arafasida Samarqandda nufuzli matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu galgi musobaqa ishtirokchilar soni bo‘yicha tarixiy rekord o'rnatib, jami 397 ta jamoani o‘zida jamlamoqda. 16–27-sentabr kunlari shaxmatchilarimiz 11 ta klassik turda g'oliblik uchun dona suradi.Muloqotda FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi Vishvanatan Anand, O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev, shuningdek, terma jamoamiz yetakchilari Nodirbek Abdusattorov hamda Gulruhbegim Tohirjonova ishtirok etib, tayyorgarlik jarayonlari va oldindagi yirik maqsadlar haqida so‘z yuritishdi.Shaxmat afsonasi Vishvanatan Anand Samarqand ushbu musobaqaga juda yuqori saviyada tayyorlanganini e'tirof etib, Olimpiada mash’alasini yosh umidli hamyurtimiz Javohir Sindorovga topshirganini alohida ta'kidladi.#ChessOlympiad2026 #Samarkand