Multfilmlar, koinot sirlari va kubik-rubik musobaqasi: Bu yoz umuman boshqacha bo‘ladi! SIZ tayyormisiz?
O‘zbekiston bolalar tashkiloti
Multfilmlar, koinot sirlari va kubik-rubik musobaqasi: Bu yoz umuman boshqacha bo‘ladi! SIZ tayyormisiz?2026-yil iyun oyida Yoshlar ishlari agentligining Yoshlar tashabbuslari marafoni doirasida O‘zbekiston bolalar tashkiloti jamoasi “Yozni bolalar tashkiloti bilan” mega-loyihasini boshlaydi!Biz yurtimizning barcha hududlariga eng qiziqarli loyihalar bilan mehmonga boramiz!Xo'sh, sizni nimalar kutmoqda? Kuzating:Kubik-rubik bo‘yicha shiddatli bellashuvlar;"Bek va Lola" hamda "Yashil makon" yangi animatsion multfilmlari taqdimoti;Suvni tejash bo‘yicha eng foydali va qiziqarli eko-g'oyalar;"O'zbekkosmos" bilan birgalikda koinot sirlariga sayohat;Respublika sardorlaridan qizg‘in o‘quv seminarlari;"Braille Lego" yordamida ajoyib loyihalar!Bu oddiy uchrashuv emas, bu — yangi do‘stlar, cheksiz quvonch va unutilmas xotiralar bayrami bo‘ladi!Do‘stlaringizga ham ulashing: Eng yaqin o'rtog'ingizni belgilang yoki unga ushbu postni yuboring. Yozni birga qiziqarli o'tkazamiz!Ro’yxatdan o’tish uchun: yoshlar.gov.uz