“Mutolaa” jamoasi siz tomon yoʻlga chiqmoqda!
Mutolaa
“Mutolaa” jamoasi siz tomon yoʻlga chiqmoqda!🇺🇿Yoshlar oyligi doirasida barcha hududlarda “Tashabbuslar marafoni”ga start berilmoqda.Marafon tadbirkorlik, kitobxonlik, volontyorlik, xorijiy tillarni ommalashtirish, madaniyat va san’at, sun’iy intellekt va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.🤝Ushbu marafon doirasida “Mutolaa” jamoasi ham barcha hududlarda kitobxonlik viktorinalari, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, kitobxonlik loyihalari taqdimoti, she’riyat kechalarini tashkil qiladi!Har bir viloyatda bilimga chanqoq yoshlar, yangi imkoniyat va unutilmas uchrashuvlar bir nuqtada jamlanadi!