🇺🇿Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tantanali start berildi!
Yoshlar ishlari agentligi
🇺🇿Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tantanali start berildi!“Boqiy shahar” majmuasida shaxmat olamining eng yirik jamoaviy turniri — 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining muhtasham ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri so‘zga chiqib, Prezidentimizning musobaqa ishtirokchilari va mehmonlariga yo‘llagan tabrigini (president.uz) o‘qib eshittirdi. Shuningdek, FIDE prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Vishvanatan Anand ham so'zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Marosimning muhim va hayajonli lahzalaridan biri — o'yinlarni qaysi rangdagi shaxmat donalari boshlab berishini aniqlash uchun o'tkazilgan qura tashlash jarayoni bo'ldi.Dasturning badiiy qismi tom ma'noda tarix va zamonaviylik bayramiga aylandi. Milliy madaniyatimizni aks ettiruvchi tomoshalar, betakror vizual 3D mapping hamda osmondagi maxsus yorug‘lik dronlari shousi yig'ilganlarda unutilmas taassurot qoldirdi.✊397 ta jamoa ishtirokida mutlaq rekord o'rnatayotgan ushbu tarixiy musobaqada yosh va umidli shaxmatchilarimizga yorqin g‘alabalar tilab qolamiz!#ChessOlympiad2026 #Samarkand