“Eng yaxshi kiberkontent” respublika tanloviga start berildi!
Yoshlar ishlari agentligi
“Eng yaxshi kiberkontent” respublika tanloviga start berildi!Siz kontent yaratuvchi, bloger, talaba yoki IT sohasi vakilimisiz? Unda o‘z ijodingiz bilan kibermadaniyatni targ‘ib qiling va tanlovda ishtirok eting!Tanlov maqsadi — kiberjinoyatchilikning oldini olish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kibermadaniyat va kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarni oshirish.Kimlar ishtirok etishi mumkin?16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar (yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib).Tanlov formatiAxborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan jinoyatlar mavzusida qisqa ijtimoiy videoroliklar.Ro‘yxatdan o‘tish: 2026-yil 15-iyundan boshlabIjodiy ishlarni qabul qilish: 2026-yil 2-iyul, soat 18:00 gachaO‘zbekiston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo’yicha boshqarmas va taraqqiyot dasturlari va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda.Kiberfiribgarlik, internet xavfsizligi va raqamli madaniyat mavzularida kreativ g‘oyalaringizni namoyish eting!Ro'yxatdan o'ting: https://yoshlar.gov.uz/projects/event/mt4ms6p4tl