🏫 Yangi o‘quv yili yangi orzular va katta maqsadlar bilan boshlandi
Yoshlar ishlari agentligi
🏫Yangi o‘quv yili yangi orzular va katta maqsadlar bilan boshlandiBugun Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 220-maktabda yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirok etib, maktab o‘quvchilariga davlatimiz rahbarining yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigini yetkazdi.Maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.Tadbir davomida Alisher Sa’dullayev 11-sinfning 30 nafar o‘quvchisi uchun “Kelajak soati” darsini o‘tib berdi. Dars davomida yoshlar bilan ularning kelajakdagi maqsadlari, kasb tanlovi, sifatli ta’lim olish va mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni haqida samimiy suhbat qurildi.Maktab kutubxonasiga o‘quvchilarning bilim olishi va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan kitoblar to‘plami ham taqdim etildi. Jumladan, 100 ta kitob, 40 ta “Garvard” to‘plami hamda “Ming kitob” loyihasining 4 ta to‘plami sovg‘a qilindi.🕊Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilar uchun yangi bilimlar, katta imkoniyatlar va ulkan yutuqlarga boy bo‘lsin!