⚡️ Yoshlar uchun xalqaro mehnat bozoriga yangi imkoniyatlar
Yoshlar ishlari agentligi
⚡️Yoshlar uchun xalqaro mehnat bozoriga yangi imkoniyatlar“Yoshlar oromgohi”da Yoshlar ishlari agentligi va GIZ hamkorligida yoshlarni kasbga yo‘naltirish hamda Germaniyaga xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasiga tayyorlashga qaratilgan 3 kunlik seminar tashkil etildi.Seminarda respublikamizning barcha hududlaridan 70 nafardan ortiq yosh ishtirok etdi.Dastur davomida yoshlarga Germaniyalik mutaxassislar, Ichki ishlar vazirligi, Migratsiya agentligi, Kasbiy ta’lim agentligi hamda hamkor tashkilotlar ekspertlari tomonidan yoshlarga Germaniyada malakali ish topish talablari, mavjud dasturlar, kasbiy rivojlanish va qonuniy mehnat migratsiyasi bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.Maqsad — yoshlarning kasbiy imkoniyatlarini kengaytirish va xalqaro mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish.