🇺🇿🇬🇪Yoshlar jamoasi Gruziya hukumati vakillari bilan uchrashdi
Yoshlar ishlari agentligi
🇺🇿🇬🇪Yoshlar jamoasi Gruziya hukumati vakillari bilan uchrashdiXalqaro yoshlar oromgohi doirasida O‘zbekistonlik yoshlar Gruziya Ta’lim, fan va yoshlar vaziri o‘rinbosari Baya Kvitsiani hamda Gruziya Yoshlar agentligi rahbariyati bilan uchrashdi.Muloqotda yoshlar siyosatidagi tajriba almashinuvi bilan bir qatorda, ikki davlat yoshlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Uchrashuv yakunida istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha yangi takliflar ilgari surildi.Endilikda ushbu muloqotlar O‘zbekiston va Gruziya yoshlari o‘rtasida yangi tashabbuslar, qo‘shma loyihalar va tajriba almashinuvi uchun xizmat qiladi.