🌱 Tozalik o‘zimizdan boshlanadi!
Yoshlar ishlari agentligi
🌱Tozalik o‘zimizdan boshlanadi!Bugun – Butunjahon tozalik kuni.Atrofimizdagi muhit qanday bo‘lishi, avvalo, unga bo‘lgan munosabatimizga bog‘liq. Ko‘chamiz, mahallamiz, ta’lim muassasamiz yoki ish joyimiz – barchasi o‘zimiz yashayotgan makon.Yoshlar ishlari agentligi barcha yoshlarni bugun bir oddiy, ammo foydali harakatga chorlaydi: atrofingizga qarang va tozalik uchun o‘z hissangizni qo‘shing.Bir dona chiqindini olib tashlash, daraxt atrofini tozalash yoki boshqalarni ham bunga chorlash – kichik harakatdek ko‘rinishi mumkin. Ammo minglab yoshlar bir vaqtda harakat qilsa, natija katta bo‘ladi.Bugun tozalik uchun siz nima qildingiz?Jarayondan surat yoki video ulashing va boshqalarni ham bu tashabbusga chorlang.#Butunjahon_tozalik_kuni