Yosh Tarjimonlar Akademiyasining ilk 3 kunlik intensiv dasturiga qabul boshlandi!
Yoshlar ishlari agentligi
Yosh Tarjimonlar Akademiyasining ilk 3 kunlik intensiv dasturiga qabul boshlandi!Yosh Tarjimonlar Akademiyasi — xorijiy tillarni biladigan yoshlarni xalqaro faoliyatga tayyorlash, professional ko‘nikmalarini rivojlantirish va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi kelajak vakillarini shakllantirishga qaratilgan loyiha.Akademiya doirasida yoshlar tarjimonlik, xalqaro protokol, nutq va kommunikatsiya, delegatsiyalar bilan ishlash, xalqaro tadbirlar, etiket yo‘nalishlarida rivojlanadilar. Dastur davomida ishtirokchilar nazariy bilimlar bilan birga amaliy tajriba ham orttiradilar.📍Toshkent shahri📅11–13-sentabr, 2026-yil👥16–30 yoshdagi yoshlar💰Ishtirok etish bepul📝Ariza topshirish:https://yoshlar.gov.uz/surveys/718b8ee0aa59df6a📌Arizalar qabuli — 31-avgust, 23:59 gacha.Batafsil ma’lumot va ishtirok etish shartlari ariza shaklida keltirilgan.
47