🥉 Tarixiy g‘alaba: Parashaxmat bo‘yicha qahramonlarimiz Toshkentda tantanali kutib olindi!
Yoshlar ishlari agentligi
🥉Tarixiy g‘alaba: Parashaxmat bo‘yicha qahramonlarimiz Toshkentda tantanali kutib olindi!Bugun Toshkent vokzalida Samarqandda bo‘lib o‘tgan 3-Parashaxmat olimpiadasida yuksak natija qayd etgan terma jamoamiz a'zolari keng jamoatchilik, yoshlar va OAV vakillari ishtirokida tantanali kutib olindi.41 ta jamoa qatnashgan ushbu mutlaq rekord darajadagi musobaqada O‘zbekiston paraterma jamoasi 11 ochko jamg‘arib, o'z tarixida ilk marotaba faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.Hamyurtlarimiz musobaqaning hal qiluvchi 7-turida Isroil jamoasi ustidan 2,5 - 1,5 hisobida muhim va ishonchli g‘alabaga erishib, shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarilishdi.Matonat va mustahkam iroda sohiblari bo‘lgan sportchilarimizning ushbu ulkan yutug‘i butun xalqimizga cheksiz g‘urur bag‘ishlaydi.💐Tarixiy natija muborak bo‘lsin, O'zbekiston! Qahramonlarimizga keyingi faoliyatida ham ulkan zafarlar tilab qolamiz.