Projects

"Respublika yoshlar ovozi" festivali

April 14, 2021, 5:38 p.m. 479

Festivalning maqsadi: Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‘urur va iftixor, bag‘rikenglik, bunyodkorlik, mehr-oqibat g‘oyalari ruhida tarbiyalash, baxshichilik va an’anaviy ijro, opera, estrada yo‘nalishlarida ijod qilayotgan yosh iste’dodlarni kashf etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, katta sahnalarda o‘z san’atini namoyish etishi uchun keng yo‘l ochib berishdan iborat.


Festivalda O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va tilidan qatʼiy nazar 2 yosh toifasida: 6-15, 16-30 yoshlillar o‘rtasida o‘tkaziladi. 


Festival 3 quyidagi uch yo‘nalishda tashkil etiladi: 

- baxshichilik va an’anaviy ijro (maqom, katta ashula, suvoraxonlik);

- opera;

- estrada.

Festivalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: Telegram Instagram Facebook Youtube TikTok