🌷“Moda yo‘li” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari yakuniga yetdi
Yoshlar ishlari agentligi
🌷“Moda yo‘li” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari yakuniga yetdiTanlovning hududiy bosqichlari mamlakatimizning turli hududlarida o‘tkazilib, unda yuzlab yosh dizaynerlar o‘zining ijodiy ishlari, yangi g‘oyalari va betakror kolleksiyalarini namoyish etdilar.Tanlov davomida ishtirokchilarning ijodiy ishlari soha mutaxassislaridan iborat professional hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.Bunda liboslarning badiiy-estetik va konstruktiv yechimi, mualliflik g‘oyasi, materiallardan foydalanish mahorati, kolleksiya yaxlitligi hamda taqdimot saviyasiga alohida e’tibor qaratildi.Toshkent, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida bo‘lib o‘tgan hududiy har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etgan yosh dizaynerlar aniqlandi.Barcha ishtirokchilarni munosib ishtiroki va ijodiy izlanishlari bilan tabriklaymiz!