📚“Yosh kitobxon” g‘oliblariga Prezident sovg‘alari topshirildi!
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg'armasi
📚“Yosh kitobxon” g‘oliblariga Prezident sovg‘alari topshirildi!Sir emas, bugun mamlakatimizda kitob o‘qish va mutolaa madaniyatini yuksaltirish bevosita davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bu shunchaki tanlov emas, balki kelajagimiz uchun mutlaqo mustahkam va mukammal poydevor yaratayotgan ulkan harakatdir.Toshkent viloyatining Bekobod tumanida “Yosh kitobxon” tanlovi 2025-yilgi mavsumining murosasiz final bosqichi bo‘lib o‘tgan edi. Bugun esa ushbu aql-zakovat jangida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan qahramonlarimizga “Prezident sovg‘asi” — “BYD Chazor” elektromobillari tantanali ravishda topshirildi!📚O‘z yosh toifalarida tengsiz deb topilgan g‘oliblar:10–14 yosh toifasida: Nosirova Farzona Nasimovna (Buxoro viloyati);15–19 yosh toifasida: Abdug‘affarov Jasurbek Dunyomiddin o‘g‘li (Jizzax viloyati);20–30 yosh toifasida: Diyorova Fazilat Mamasaid qizi (Surxondaryo viloyati).Ushbu tarixiy g‘alaba bilan barcha g‘oliblarimizni, ularga doim tirgak bo‘lgan munis ota-onalari va zahmatkash ustozlarini chin dildan muborakbod etamiz. Ilm-ma’rifat yo‘lidagi yuksak parvozingiz bardavom bo‘lsin!