✊“Yetakchi Camp” navbatdagi mavsumi yakunlandi
Yoshlar ishlari agentligi
✊“Yetakchi Camp” navbatdagi mavsumi yakunlandi🏕️Bo‘stonliq tumanidagi yoshlar oromgohida tashkil etilgan “Yetakchi Camp” davomida respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 nafar yoshlar yetakchilari uchun seminar-treninglar, motivatsion uchrashuvlar, intellektual hamda sport musobaqalari tashkil etildi.Dastur davomida ishtirokchilarning liderlik, boshqaruv, jamoa bilan ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.✔️Shuningdek, camp yakunida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev bilan ochiq muloqot tashkil etilib, yoshlar yetakchilarining taklif-tashabbuslari hamda kelgusidagi rejalari muhokama qilindi. Seminar yakunida faol yoshlar yetakchilari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi!