🇺🇿 O‘ZBEKISTON — IKKI KARRA SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI!
Yoshlar ishlari agentligi
🇺🇿O‘ZBEKISTON — IKKI KARRA SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI!Samarqandda tarix yozildi! O‘zbekiston Ukraina bilan uchrashuv tugashidan oldin chempionlikni matematik jihatdan kafolatladi. Chunki Hindiston so‘nggi turda Vengriya bilan 2:2 durang o‘ynadi. O‘zbekiston 10 turdan keyin Hindistondan bir ochko oldinda edi: 18 ga 17.Bu yo‘l oson bo‘lmadi. O‘zbekiston musobaqaning dastlabki 7 turining barchasida g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi bahslarda Hindiston ustidan 2.5:1.5, Xitoy ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonildi. 8-turda Germaniya g‘alabali seriyani to‘xtatdi, ammo jamoamiz darhol o‘zini tikladi: 9-turda turnirning birinchi raqamli saralangan jamoasi — AQSh mag‘lub etildi, 10-turda esa Armaniston 3.5:0.5 hisobida taslim etildi.Va nihoyat — Ukrainaga qarshi so‘nggi g‘alaba oltin medal masalasini hal qildi.🇺🇿O‘zbekiston tarkibi:Javohir SindarovNodirbek AbdusattorovNodirbek YakubboyevShamsiddin VohidovMuhiddin MadaminovJamoa sardori — sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov. Ushbu tarkibdagi to‘rt nafar shaxmatchi 2022-yilda Chennai Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan jamoada ham o‘ynagan.O‘zbekiston shaxmatining so‘nggi uch Olimpiadadagi natijasi esa alohida e’tiborga loyiq:🥇2022, Chennai — OLTIN🥉2024, Budapesht — BRONZA🥇2026, Samarqand — OLTINDemak, O‘zbekiston ketma-ket uchta Shaxmat olimpiadasini medalsiz tark etmadi va to‘rt yil ichida ikkinchi bor Open bo‘limida jahonning eng kuchli terma jamoasi bo‘ldi.Eng o‘ziga xos jihati — bu safargi chempionlik o‘z uyimizda, Samarqandda qo‘lga kiritildi.2022-yilda O‘zbekistonning Olimpiadadagi oltin medalini tasodif yoki bir martalik muvaffaqiyat deb baholaganlar ham bor edi. Ammo 2026-yilda jamoamiz butun turnir davomida kuchli va ishonchli o‘yin namoyish etib, yana shohsupaga ko'tarildi.Bu safar yigitlarimiz faqat chempion bo‘libgina qolmay, 2022-yildagi oltin tasodif bo‘lmaganini va O‘zbekiston bugun dunyoning eng kuchli shaxmat terma jamoasi ekanini amalda isbotladi.O‘ZBEKISTON — 46-BUTUNJAHON SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI! 🇺🇿🏆Chempionlarimizni va butun O‘zbekiston xalqini ushbu tarixiy g‘alaba bilan chin qalbdan tabriklaymiz!