Navoiy – yangi g‘oyalar va amaliy tashabbuslar maydoni!
Yoshlar Tadbirkorligini Rivojilantirish Jamg'armasi
Navoiy – yangi g‘oyalar va amaliy tashabbuslar maydoni!Navoiy shahrida o‘tkazilgan Tashabbuslar marafoni viloyat yoshlarining haqiqiy salohiyati va biznesga bo‘lgan qiziqishini yaqqol ko‘rsatib berdi. Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida kechgan marafon doirasida quyidagi asosiy voqealar bo‘lib o‘tdi:✔️Ko‘rgazmalar va tanishtiruv: Viloyat yoshlari o‘zlarining ishlab chiqarish mahsulotlari, startaplari va biznes loyihalarini namoyish etishdi. Kelgan mehmonlarga flagman loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.✔️To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot: Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ko‘rgazmalar bilan tanishib, yosh tadbirkorlarning g‘oyalari va takliflarini eshitdi hamda ularni YTRJ dasturlari doirasida qo‘llab-quvvatlash choralarini belgiladi.✔️“Ko‘mak” loyihasi faoliyati: O‘quv markazlari rahbarlari o‘rtasida "Lider markaz" debati o‘tkazildi. Ishtirokchilar 300 mln so‘mlik ssuda mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha o‘z biznes g‘oyalarini pitching qilishdi.✔️Treninglar va biznes o‘yinlar: Yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida maxsus amaliy treninglar hamda "Monopoliya", "Cashflow", "Uno" kabi intellektual o‘yinlar tashkil etildi.✔️Hamkorlar yarmarkasi: Yetakchi tadbirkorlar va bank vakillari ishtirokida yarmarka o‘tkazilib, loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri maslahatlar berildi.Navoiy viloyatida kechgan qizg‘in jarayonlar yakunlandi. Biz esa yangi maqsadlar va amaliy tashabbuslar sari marafondagi navbatdagi manzil tomon yo‘l olamiz!Kelgusi bekatlarda ko‘rishguncha!