Prezidentimiz yosh sportchilarga murojaat qilib, chempionlikka kuchli iroda va temir intizom orqali erishilishini ta’kidladi. Ilgari surilayotgan “O‘z” g‘oyasining mazmun-mohiyati ham shunda ekanini qayd etdi.
Yoshlar ishlari agentligi
Prezidentimiz yosh sportchilarga murojaat qilib, chempionlikka kuchli iroda va temir intizom orqali erishilishini ta’kidladi. Ilgari surilayotgan “O‘z” g‘oyasining mazmun-mohiyati ham shunda ekanini qayd etdi.– O‘zingga ishon! O‘z ustingda ishla! O‘z yurtingga munosib bo‘l!– dedi Prezidentimiz. Xalqaro maydonda mamlakatimiz bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangraganda butun xalqimiz sportchilarimiz bilan faxrlanishini ta’kidladi.Yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida kelasi yildan Prezident Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlarining pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi. Birinchi o‘rin sohiblariga 25 million, ikkinchi o‘rin uchun 12 million, uchinchi o‘rin uchun 6 million so‘m beriladi.Shuningdek, olimpiadada g‘olib bo‘lib, O‘zbekiston rekordini yangilagan maktab bitiruvchilari oliygohlarning sport yo‘nalishlariga imtihonsiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.