⚡️Yosh tadbirkorlar uchun moliyaviy imkoniyatlar
Yoshlar ishlari agentligi
⚡️Yosh tadbirkorlar uchun moliyaviy imkoniyatlar18–30 yoshdagi tadbirkorlar o‘z biznesini boshlash va rivojlantirish uchun “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi” dan bir qator moliyaviy imkoniyatlar:•2,5 mlrd so‘mgacha kredit — banklar orqali yillik 18 foiz stavkada, 5 yilgacha muddatga;•6000 BHMgacha qarz — Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratiladi;•10 000 AQSH dollarigacha mablag‘ — xalqaro akselerator dasturlarida qatnashish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun;•100 mln so‘mgacha mablag‘ — biznesni rivojlantirish uchun mentor va ekspertlar xizmatidan foydalanishga.Yangi imkoniyatlardan foydalanib, biznesingizni keyingi bosqichga olib chiqing.Batafsil (yoshlarfondi.uz)