🏃 Poytaxtda xalqaro yarim marafon
Yoshlar ishlari agentligi
🏃Poytaxtda xalqaro yarim marafon6-sentyabr kuni Toshkentda Tashkent International Half Marathon – 2026 bo‘lib o‘tdi. Professional va havaskor yuguruvchilar qatorida minglab yoshlar ham katta sport tadbirining faol ishtirokchisiga aylandi.Beshta startda qariyb 24,5 ming kishi qatnashdi. Ularning 53 foizga yaqinini ayollar tashkil etdi. Marafon 50 ta mamlakatdan 2 mingdan ziyod xorijiy ishtirokchini ham bir maydonda jamladi.Inklyuziv sportga ham alohida e’tibor qaratilib, maxsus startlarda qariyb 600 nafar ishtirokchi o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi. 21,1 km masofada 1-o‘rin uchun 15 mln so‘m, 2-o‘rin uchun 12 mln so‘m, 3-o‘rin uchun 10 mln so‘m, 5 km masofada esa kuchli uchlikka 3 mln, 2 mln va 1 mln so‘m pul mukofotlari topshirildi.Batafsil (https://gov.uz/oz/yoshlar/news/view/215356)