🌍 Samarqanddagi XII global konferensiya: Yoshlar huquqlari, raqamli xavfsizlik va iqlim barqarorligi muhokama qilindi
Yoshlar ishlari agentligi
🌍Samarqanddagi XII global konferensiya: Yoshlar huquqlari, raqamli xavfsizlik va iqlim barqarorligi muhokama qilindiSamarqand shahrida davom etayotgan Parlamentlararo Ittifoqning Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi doirasida yoshlar hayotiga oid dolzarb masalalarga bag‘ishlangan muhim panel sessiyalari bo‘lib o‘tdi.Asosiy yo‘nalishlar:Yoshlar huquqlarini himoya qilish: Inqirozli vaziyatlarning yoshlar hayotiga taʼsiri, ularning taʼlim olishi va xavfsiz muhitda yashashini taʼminlash masalalari ko‘rib chiqildi.Raqamli makonda inson huquqlari: Raqamli muhitda shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, onlayn xavfsizlik va yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish muhokama qilindi.Iqlim xavfsizligi va barqarorlik: Kelajak avlodlar uchun toza, sog‘lom va barqaror atrof-muhitni taʼminlash hamda iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish masalalari ilgari surildi.Sessiyalarda xalqaro tashkilotlar va turli mamlakatlar parlamentlari vakillari o‘zaro tajriba almashib, yoshlar manfaatlarini himoya qilishda parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidladilar.Konferensiya o‘z yo‘nalishi bo‘yicha muhokama va sessiyalarni davom ettirmoqda.