♟️ SAMARQANDDA SHAXMAT RUHI!
Yoshlar ishlari agentligi
♟️SAMARQANDDA SHAXMAT RUHI!Samarqand mezbonlik qilayotgan FIDE 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasida yosh volontyorlarimiz ham faol ishtirok etmoqda.🌍Dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan mehmonlar va shaxmatchilarni kutib olish, ularga ko‘maklashish hamda musobaqa jarayonlarida yaqindan hamroh bo‘lishda volontyor yoshlarimizning hissasi katta.🇺🇿Ayniqsa, O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan shaxmatchilarimizni qo‘llab-quvvatlab, ularga ruhiy dalda bo‘lish orqali yoshlarimiz musobaqaning muhim ishtirokchisiga aylanmoqda.✨Volontyorlik — bu shunchaki yordam emas. Bu Vatanga xizmat, mehmondo‘stlik va yoshlarning katta xalqaro maydondagi faol ishtirokidir!