📙 Yangi kitoblar taqdimoti yangicha uslubda!
Yoshlar ishlari agentligi
📙Yangi kitoblar taqdimoti yangicha uslubda!🇺🇿Davlatimiz rahbarining kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslari amalda. Bugun poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Yangi kitob” loyihasining ilk shou-taqdimoti muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi.Ushbu loyiha taqdimotida 600 ga yaqin kitobsevar yoshlar, nashriyotlar vakillari, kitob do‘konlari egalari hamda soha mutaxassislari juda katta qiziqish bilan ishtirok etdi. Tadbir doirasida yangi nashrdan chiqqan 6 ta asar mutlaqo yangicha va noodatiy formatda omma e’tiboriga havola qilindi.Asarlar mohiyatini ochib beruvchi teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan maxsus videolar hamda yozuvchi, tarjimon va noshirlarning jonli chiqishlari yig‘ilganlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.Taqdimotning o‘zidayoq qator korxona va tashkilot rahbarlari, investorlar tomonidan taqdim etilgan kitoblarning minglab nusxalari xarid qilindi.Kitob sotib olish uchun uzun navbatda turgan yigit-qizlarimizning ishtiyoqi — jamiyatimizda ilm va ma’rifat qadri yuksalayotganidan darak beradi.