🏆 Tarixiy g‘alabalar bilan yurtimizga qaytgan paralimpiyachilarimiz tantanali kutib olindi!
Yoshlar ishlari agentligi
🏆Tarixiy g‘alabalar bilan yurtimizga qaytgan paralimpiyachilarimiz tantanali kutib olindi!Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan V Paraosiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.Tadbirlarda davlat va hukumat vakillari, vazirlik va idoralar hamda sport tashkilotlari rahbarlari ishtirok etib, sportchilarimiz va ularning murabbiylarini erishilgan buyuk g‘alaba bilan samimiy muborakbod etishdi.Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining para atletlarimizga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, sportchilar, murabbiylar hamda ota-onalar so‘zga chiqib, mamlakatimizda sportga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorlik bildirishdi.Vatanimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilgan barcha paralimpiyachilarimizni ushbu tarixiy natija bilan tabriklaymiz! 🇺🇿🥇