🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on shahrida yangi Yoshlar markazi o‘z eshiklarini ochdi
Yoshlar ishlari agentligi
🇺🇿Kattaqo‘rg‘on shahrida yangi Yoshlar markazi o‘z eshiklarini ochdiSamarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida yigit-qizlar uchun barcha zamonaviy sharoitlarni o‘zida jamlagan yangi Yoshlar markazi foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirok etib, ushbu maskanni yoshlarga rasman ochib berdi.Endilikda Kattaqo‘rg‘on yoshlari bu yerda o‘z bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, yangi kasb-hunar sirlarini o‘rganishlari hamda turli ta’limiy va ijodiy loyihalarda erkin ishtirok etishlari mumkin. Markaz yoshlarning iste’dodini ro‘yobga chiqarish va ularning o‘ziga xos tashabbuslarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.🙌Ushbu yangi maskan yoshlar bilan doimiy uchrashuvlar, qiziqarli tanlovlar va foydali loyihalar o‘tkaziladigan haqiqiy qaynoq muhitga aylanishiga ishonamiz. Barcha Kattaqo‘rg‘on yoshlarini yangi markazda kutib qolamiz!